Kengaytirilgan
 
 

Open Data Challenge 2018 (Xakaton) haqida ma'lumot

Open Data Challenge 2018 haqida ma'lumot

30 - noyabr – 2-dekabr kunlari Toshkentda "Open Data Challenge 2018" (Xakaton) – ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib oʻtadi.

Xakaton tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. Xakaton tashkilotchilari: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O’zbekistondagi loyihalari koordinatori, Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakilligi, Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi.
Hamkor tashkilotlar : Yagona integrator "UZINFOCOM" MCHJ, infoCOM.uz va "ICT News" jurnallari.

Open Data Challenge – bu dasturchilar jamoalarining ochiq ma’lumotlariga asoslangan holda dasturiy mahsulotlarni tez ishlab chiqish boʻyicha musobaqa. Open Data Challengening boshqa tadbirlardan farqi shundaki, ishtirokchi va ishtirokchilar guruhlari aniq belgilab berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim: bu muddat ichida abstrakt gʻoyalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud alfa-koʻrinishlariga keltiriladi. Ikki kunlik qizgʻin faoliyat natijasida, "Open Data Challenge 2018" ishtirokchilari jamiyatning barcha jabhalarida: moliya, transport, ta’lim, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, ekologiya va h.k. foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etadilar. Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar tadbirning moddiy mahsuli boʻladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, Xakaton doirasida dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.

Tadbir nizomi va dasturi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: Nizom(rus) Dastur(rus)

Xakatonda ishtirok etish tartibi.

Xakatonda ishtirok etishni istagan talabgor 2018 yil 25-noyabrgacha ro'yxatdan o'tishi kerak.

Tanlovning sifati va samaradorligini ta'minlash maqsadida, Xakaton ishtirokchilarining maksimal soni 150 nafarni tashkil etadi.

Xakaton Ishtirokchisi maqomini olish uchun ariza beruvchi ro'yxatdan o'tishni tugatishi va Tashkilotchilar tomonidan elektron pochta orqali yoki ro'yxatdan o'tkazish vaqtida ko'rsatilgan telefon raqami orqali tasdiqlanganligi to'g'risida xabar olishi kerak.Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni baholash mezonlaridan biri talabgorlarning ro'yxatga olish vaqtida Tashkilotchilarga yuborgan test topshirig'i natijasidir. Arizachilarning umumiy soni Xakatondagi eng ko'p ishtirokchilar sonidan yuqori bo'lgan taqdirda, ustuvor huquq Xakaton ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tish test topshirig'ini eng muvaffaqiyatli bajargan talabgorlarga beriladi (topshiriqlarga eng ko'p to'gri javob berilgani bo'yicha ).

Xakaton ishtirokchilari loyihalar ustida ishlash va topshiriq topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo'lgan shaxsiy kompyuter va boshqa qurilmalardan foydalanishi kerak. Tashkilotchilar Xakaton davomida ishtirokchilarga internetga bepul ulanish imkonini beradi.

Taqdim etilgan materiallar va ishlanmalardagi mualliflik huquqi Xakaton ishtirokchilariga tegishli bo'lib, ularni ishlatish va tarqatish O'zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzmasligi kerak.

"Open Data Chellange 2018" ishtirokchilar uchun portalga umumiy API kalit: "265cb8c6a741d74a1d51e71d3084ace5".

Bevosita ishtirok nima uchun kerak?

"Open Data Challenge 2018" da ishtirok etib Siz:

  • Oʻzbekistondagi turmush tarzini yanada qulayroq qilish imkonini beruvchi gʻoyalardan birini amalga oshirishingiz;
  • Oʻz noyob gʻoyangizni keng omma e’tiboriga havola etishingiz;
  • Jamoaviy ishlash imkoniyatiga ega bo’lishingiz va boshqa jamoalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishingiz;
  • Qimmatbaho sovgʻa va mukofotlarni yutib olishingiz;
  • Mentorlarning muhim maslahatlarini olishingiz ;
  • Qisqa vaqt ichida tayyor yangi loyiha yoki namunani ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlishingiz;
  • Haqiqiy dasturchilar muhitiga kirish imkoniyatlariga ega bo’lishingiz mumkin.

Mentorlar

"Open Data Challenge 2018" tashkilotchilari tadbirga mentorlar – dasturlash, dizayn, ommaviy ishtirok hamda ochiq ma’lumotlarni tahlil etish va ulardan foydalanish sohasidagi mutaxassis-ekspertlarni taklif etganlar, ular jamoalarga maslahatlar berib, loyihalar ustida ish olib borishga koʻmaklashadilar.

Shartlar

Tanlovning asosiy sharti tadbir davomida ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda raqamli yechim (dastur, xizmat, qurilma) yaratish hisoblanadi.

Nominatsiya

Xakaton g’olib va sovrindorlari quyidagi uchta nominatsiya bo’yicha aniqlanadilar:

  • “Aqlli shahar” uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat);
  • Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat);
  • Ochiq ma'lumotlarni generatsiya (transformatsiya) qilish bo'yicha eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat).

Muhim sanalar

"Open Data Challenge 2018" da ishtirok etish va tayyorgarlik koʻrish quyidagi bosqichlar boʻyicha boʻlib oʻtadi:

"Open Data Challenge 2018" konferensiyasining tantanali ochilish marosimi - 2018 yil 30-noyabr.
"Open Data Challenge 2018" trening kuni – 2018 yil 30 - noyabr.
Xakaton 2018 musobaqa kunlari – 2018 yil 1- 2 - dekabr.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi – 2018 yil 7- dekabr.
Qiziqib qoldingizmi? Roʻyxatdan oʻting!
Tadbir boʻlib oʻtadigan joy Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar ko’chasi,9.
Mo’ljal: Akademiklar shaharchasi.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: