Kengaytirilgan
 
 

Yangiliklar

Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga ta'sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash bo'yicha yangi tizim ishga tushirildi.

11.03.2015

Davlat Bojxona Qo'mitasining ikkita yangi: "Yuklarni chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bo'yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish" va “Reeksportga mo'ljallangan yuklarni joylashtirish bo'yicha Bojxona ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yuborish" interaktiv xizmatlari Yagona portalga joriy etildi.

11.03.2015

Ishbilarmon kishilarga qulaylik yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan hamkorlikda Yagona portalda “O'zbekiston hududiga temir yo'l transporti vositasida olib kirilayotgan yuklar to'g'risida ma'lumot olish" xizmati yo'lga qo'yildi.

07.03.2015

Endilikda Yagona portal orqali tezkor va sodda ravishda 16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish mumkin.

06.03.2015

Yagona portalda «16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish uchun elektron ariza taqdim etish» yangi xizmati ishga tushirildi.

05.03.2015

Hurmatli tadbirkorlar!

Yagona portalda iste'molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar olishiga elektron ariza yuborish yangi xizmati joriy etildi.

04.03.2015

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: