Kengaytirilgan
 
 

Yangiliklar

Hurmatli foydalanuvchilar,

E'tiboringizga O'zbekiston Respublikasining 2016-2020 yy. uchun Ochiq ma'lumotlar konsepsiyasining loyihasini taqdim etamiz (keyingi o'rinlarda - Konsepsiya). Shuni belgilab o'tamizki, loyihaning yaratilish maqsadi bu unga nisbatan yuzaga kelayotgan qarashlar, fikr va mulohazalarning keyinchalik paydo bo'lishi ularning kelgusida - 2016-2020- yillarda amalda qo'llanishi uchun zarurdir.

29.10.2015

Poytaxtimizdagi "Turkiston" saroyida "MIT.uz — 2015" g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Sog'lom axborot muhitini targ'ib qilishga qaratilgan milliy internet tanlovi mamlakatimiz bo'ylab yuqori saviyada o'tkazildi.

07.10.2015

2015-yilning 10-12-sentabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini qo'llab-quvvatlashi asosida BMTDning “Davlat xizmatlarini ko'rsatish sifatini oshirish orqali elektron hukumatni rivojlantirish” loyihasi ilk bora ochiq ma'lumotlarni qo'llagan holda ilovalar ishlab chiqish hakatoni – “Data.gov.uz Hakatoni”ni o'tkazdi.

18.09.2015

10-12-sentabr kunlari Toshkent shahrida ochiq ma'lumotlardan foydalanish asosida dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha Data.gov.uz Hakatoni (bellashuvi) bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magi ostida 2015-yilning IKT haftaligi doirasida tashkil qilinmoqda.

10.09.2015

O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida to'lov-shartnoma asosida o'qishga qabul qilingan talabalar uchun kunduzgi ta'lim xizmatlari uchun belgilangan to'lov narxlari ro'yxati e'lon qilindi. Ma'lumotlar to'plamini O'zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o'rtа mахsus tа'lim vаzirligi taqdim etgan.

03.06.2015

Davlat hokimiyatining ochiqligini ta'minlash va axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish O'zbekiston davlat siyosatining ustuvor jihatlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston hukumati tomonidan Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining ochiqligi to'g'risida”gi Qonunining samarali ijrosi hamda 2013-2020- yillar davomida O'zbekiston Respublikasida Milliy axborot kommunikatsiya tizimini rivojlantirish majmuaviy dasturiga muvofiq, AKT rivojlanish Strategiyasi masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

25.05.2015

O'zbekiston Respublikasi Elektron hukumatining asosiy poydevorini uch ustun -my.gov.uz, gov.uz hamda Ochiq ma'lumotlar portali - data.gov.uzlar tashkil etadi.

13.05.2015

Yurtimizda qancha madaniyat va sport inshoatlari mavjudligidan xabaringiz bormi?

12.05.2015

O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida giyohvandlik vositalari, psixotropik moddalar va prekursorlarga aloqador litsenziya yoki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar ro'yxati e'lon qilindi.

20.04.2015

Ochiq ma'lumotlar portalida QQS to'lovchilari reestri e'lon qilindi. Unda 86,649 ta korxonaning STIRi, to'lovchining nomi va korxonaning manzili aks etgan. Ma'lumotlar to'plamining egasi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi hisoblanadi.

20.04.2015

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: