Kengaytirilgan
 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aqlli shaharning o'rni.

2020-02-07

2020-yil 7-fevral kuni poytaxtimizdagi Amity universiteti tomonidan O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aqlli shaharning o'rni" mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.

Seminarda xalqaro ekspertlar tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha so'z yuritildi. Xususan, Jahon bankining raqamli rivojlanish bo'yicha katta mutaxassisi Sunyon Kim, Pusan aqlli shahar loyihasining bosh strategi Jon Su Xvan, Yonse universitetining falsafa fanlari doktori Ji Yon Cho, Jahon bankining katta iqtisodchisi Xyon Gon Vang mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Shuningdek, seminarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aqlli shaharning o'rni, aqlli shaharlarni shakllantirish, Koreya Respublikasida aqlli shaharni rivojlantirishning xalqaro tajribasi hamda O‘zbekistonda aqlli shaharlarni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: