Kengaytirilgan
 
 

O’zbekiston World AI & Data Challenge xalqaro tanlovida birinchi marta ishtirok etmoqda!

2020-06-08

World AI & Data Challenge - bu katta ma'lumotlarga ishlov berish texnologiyalari va sun'iy intellekt yordamida global ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan xalqaro tanlovdir.

Joriy yilning 27-28 iyun kunlari IT Park, Jahon banki, YEXHTning O’zbekistondagi loyihalari Koordinatori, Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ko’magida World AI & Data Challenge xalqaro tanlovi doirasida onlayn data-hakaton o’tkaziladi!

Ta’kidlab o’tish joizki, World AI & Data Challenge - bu katta ma'lumotlarga ishlov berish texnologiyalari va sun'iy intellekt yordamida global ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan xalqaro tanlovdir.

AI & Data sohasidagi mutaxassislar ikki kunga ishlab chiquvchilarning mentorlariga aylanishadi va sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlarni tahlil qilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashadi, shuningdek ishtirokchilarga muammolarni hal qilish gipotezalarini yarashtirishda yordam berishadi va kerak bo’lsa, eng yaxshi qatnashuvchilarni MVP-yechimlarini oxiriga yetkazish uchun hamrohlik qiladi.

Hakaton 48 soat davomida onlayn bo’lib o’tadi. Ishtirokchilarga rivojlanish uchun xalqaro va mintaqaviy darajadagi 40 ga yaqin masalalar taklif etiladi. Eslatib o’tamiz, O’zbekiston tomonidan tanlovga «Qashshoqlikka qarshi kurash va hayot sifatini yaxshilash» masalasini topshirilgan.

Eng yaxshi ishtirokchilar o’z yechimlarini xalqaro miqyosda amalga oshirish, o’qish va pul mukofotlarini olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun https://datamasters.ru/aianddata


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: