Kengaytirilgan
 
 

Ochiq ma’lumotlar portalida QQS to’lovchilari reestri e’lon qilindi

2015-04-20

Ochiq ma'lumotlar portalida QQS to'lovchilari reestri e'lon qilindi. Unda 86,649 ta korxonaning STIRi, to'lovchining nomi va korxonaning manzili aks etgan. Ma'lumotlar to'plamining egasi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi hisoblanadi.

QQS nima?

QQS - qo'shilgan qiymat solig'idir. Korxona tovarlar ishlab chiqaradi. Tovarlarning bir qismi QQSsiz yetkazib beriladi, bunda olib kiriladigan xom ashyo va materiallar ham QQSdan ozod etilgan. Ayrim tovarlarga QQS solinadi.

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasida belgilanganidek, hisobga olinadigan summa qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) to'lovchining tanloviga binoan alohida-alohida va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi. Hisobga olinadigan qo'shilgan qiymat solig'i summasini aniqlashning tanlangan usuli kalendar yil mobaynida o'zgartirilishi mumkin emas. Alohida-alohida usul qo'llanilganda qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborot maqsadlarida foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yuzasidan xarajatlar hamda qo'shilgan qiymat solig'i summalari bo'yicha alohida-alohida hisob yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni bo'lmagan umumiy xarajatlar (masalan, elektr, issiqlik, gaz ta'minoti xizmatlari, telefon aloqasi, internet va boshqalar) bo'yicha xarajatlarni taqsimlash mutanosib usulda amalga oshiriladi.

Ta'kidlash kerakki, Qo'shilgan qiymat solig'i hisob-kitobining elektron shakli alohida-alohida usul va mutanosib usulni alohida hamda bir vaqtning o'zida qo'llash imkoniyatini yaratib beradi. Buni amalga oshirish uchun QQS hisob-kitobining 2-ilovasida 0301-0304-satrlarga tegishli ma'lumotlarni qo'lda kiritish lozim.

MISOLDA KO'RIB CHIQAMIZ

Korxona hisobot davrida 800,0 mln. so'mlik xom ashyo, materiallar va xizmatlar sotib oldi. Bunda korxona 2 500,0 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqardi.
Korxona o'z hisob siyosati orqali:

- xom ashyo va materiallar qaysi maqsadlarga (soliq solinadigan yoki soliq solinmaydigan oborotga) yo'naltirilishini aniqlash mumkin bo'lgan xarajatlar bo'yicha alohida-alohida hisobni yuritish usulini;
- nimaga taalluqli ekanligini aniqlash imkoniyati bo'lmagan xarajatlar bo'yicha hisobga olishning mutanosib usulini belgilab oldi.

Sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha hisobvaraq-fakturalar reyestri (hisobvaraq-fakturalar o'rnini bosuvchi hujjatlar) (QQS Hisob-kitobining 7-ilovasi) tartibga muvofiq, faqat QQS ajratilgan hisobvaraq-fakturalar, bojxona yuk deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bo'yicha to'ldiriladi. Norezidentlardan olingan va realizatsiya qilish joyi O'zbekiston Respublikasi hisoblangan ishlar (xizmatlar), shuningdek import qilingan tovarlar bo'yicha haqiqatda byudjetga to'langan QQS summasi ko'rsatiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: