Kengaytirilgan
 
 

Elektr tarmoqlariga ulanishi uchun Texnik shartlarni olish

2015-03-04

Hurmatli tadbirkorlar!

Yagona portalda iste'molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar olishiga elektron ariza yuborish yangi xizmati joriy etildi.

Ushbu xizmat, Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari - jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladi.

Texnik shartlar olish uchun ariza iste'molchi elektr qurilmalari ulanishi moʻljallanayotgan elektr ta'minoti korxonalarining «bir darcha» xizmatlari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Endilikda, tadbirkorlik subyektlari Texnik shartlar olish uchun arizani to`ldirishlari, unga aholi yashash punktlariga bogʻlangan kartografik materialni ilova qilishlari va elektron tarzda yuborishlari bilan cheklanadi. Arizani to`ldirishda hech qanday kamchilik aniqlanmagan taqdirda, 3 ish kuni muddatida foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar yuboriladi.

Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini ta'minlash doirasida joriy etilgan.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portal yangiliklaridan voqif bo`ling!

Manba: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: