Kengaytirilgan
 
 

"Open Data Challenge 2018" tanlovida qatnashish uchun 128 kishi ro'yhatdan o'tdi.

2018-11-19

“Open Data Challenge” (Xakaton) tanloviga arizalar qabuli boshlanganiga bugun 13 kun bo‘ldi. Shu vaqtga qadar https://data.gov.uz/uz/challenge/register orqali 128 kishi, 39 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tib ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish istagidagilar 2018 yilning 25 noyabriga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Xakatonning asosiy tadbirlari 30 noyabrdan 2 dekabrgacha Toshkentdagi Inha universitetitda bo‘lib o‘tadi. 30 noyabr kuni ishtirokchilar jalb etilgan ekspertlar tomonidan o‘tkaziladigan mahorat darslari va treninglarda qatnashishadi. 1 va 2 dekabr kunlari treninglar mobaynida olingan bilimlar va mentorlarning tavsiyalariga tayangan holda ochiq ma’lumotlar asosidagi yangi ijtimoiy foydali loyihalarni ishlab chiqishadi.

Tanlovning hakamlar hay’ati a’zolari qatnashchilarning ishlarini baholashadi va uch nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlashadi, bular: “Aqlli shahar” uchun eng yaxshi loyiha, ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha va ochiq ma’lumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) bo‘yicha eng yaxshi loyiha. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Asosiy o‘rinlar uchun topshiriladigan sovg‘a va mukofotlardan tashqari tashkilotchilar Gran-pri — Madrid shahriga sayohatni ham ko‘zda tutishgan. Gran-prini olishga faqat birgina jamoa da’vo qilishi mumkin, u uch nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar orasidan hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi.

Gran-pri sohibi 2019 yilning 21-23 may kunlari Madrid shahrida (Ispaniya) o‘tkaziladigan Butunjahon raqamli biznes kongressida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bu vaqtni sermazmun va samarali o‘tkazish, tajriba va bilimlarni oshirish, jahon darajasidagi mutaxassislar bilan jonli muloqot qilish uchun noyob imkoniyatdir.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: